BIZNING UYLAR DEVELOPMENT
Bizning Uylar Development– bu qurilish brendi bo‘lib, anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolgan holda aholi farovon hayoti uchun qulay va talabgir koʻchmas mulkni bunyod etadigan kompaniya. Kompaniya bunyodkorlik ishlarida aholi ehtiyoji va talablarini hisobga olib uy-joy qurishni o‘z ustuvor vazifasi deb hisoblaydi.
Kompaniya bu borada zarur ishlarni — loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va qurilish ruxsatnomalarini olishdan to uyni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshiradi.
